Markaziy Osiyo davlatlari Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

Kecha, 4 aprel kuni ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari Aqtau shahrida "Birlestik-2024" ("Birlashish-2024") qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va tegishli qo‘shma rejani imzolagan.

2125309
Markaziy Osiyo davlatlari Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

 

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iyul oyida Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Kecha, 4 aprel kuni ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari Aqtau shahrida "Birlestik-2024" ("Birlashish-2024") qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va tegishli qo‘shma rejani imzolagan.

Keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni "Oymasha" poligoni hududlarida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va bajarish lozim bo‘lgan vazifalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.



Aloqador xabarlar