TIKA Qirg’iziston poytaxti Bishkekda 2500 kishiga iftor berdi

Markaziy Imom Serahsiy masjidi hovlisida erkaklar va ayollar uchun alohida dasturxon yozildi.

2125958
TIKA Qirg’iziston poytaxti Bishkekda 2500 kishiga iftor berdi

 

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Qirg’iziston poytaxti Bishkekda 2500 kishiga iftor berdi.

Markaziy Imom Serahsiy masjidi hovlisida erkaklar va ayollar uchun alohida dasturxon yozildi.

Iftor ziyofatida Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Ahmet Sadiq Dog'an, TIKAning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi vakolatxonasi boshlig'i Ali O'zgun O'zturk va TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi koordinatori Mehmet Bodur ishtirok etdi.

Ular mehmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Iftor ziyofatiga Chuy viloyatida yashovchi mesxeti turklari ham taklif qilindi.

TIKAning Markaziy Osiyo bo'yicha vakolatxonasi rahbari Ali O'zgun O'zturk tadbirda so'zga chiqib, Qirg'izistonda 30 yil davomida juda ko'plab loyiha va faoliyatni amalga oshirganligini bildirib, "Maqsadimiz, Ramazon oyi quvonchini qirg'iz birodarlarimiz bilan baham ko'rish",-dedi. 

Uning ta'kidlashicha, TIKA tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan 1500 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #TIKA

Aloqador xabarlar