Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlari bo'lib o'tdi

"Sadriddin Ayniy" nomidagi davlat opera va balet akademik teatrida Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

2126020
Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlari bo'lib o'tdi

 

Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlari bo'lib o'tdi.

Tojikiston Milliy axborot agentligi "Xovar" tarqatgan ma'lumotga ko'ra, "Sadriddin Ayniy" nomidagi davlat opera va balet akademik teatrida Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Shu munosabat bilan Tojikiston Milliy muzeyida Turkmaniston badiiy va xalq amaliy san'ati namunalari ko'rgazmasi ochildi.

Shuningdek, Turkmaniston madaniyati kunlari doirasida "Ko'xi Borbad" davlat majmuasida Tojikiston va Turkmaniston san'at ustalari ishtirokida "Do'stlik oqshomi" nomli konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Madaniyat kunlari dasturiga ko'ra, uning ishtirokchilari respublikaning turli shahar va tumanlarida bo'lib, o'zlarining madaniy dasturlarini taqdim etdilar.

Tojikistonda Turkmaniston madaniyati kunlari 5-aprel kuni yakunlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Tojikiston

Aloqador xabarlar