Ersin Tatar: Xalqimizning xavfsizligi Turkiya kafolati ostidadir

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Prezident Ersin Tatar yetakchiligida mintaqadagi vaziyat qo‘lga olingan yuqori darajali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2127638
Ersin Tatar: Xalqimizning xavfsizligi Turkiya kafolati ostidadir

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, Turkiya mintaqadagi eng kuchli davlat ekani va barcha imkonlari bilan Kipr turk xalqini qo‘llab - quvvatlashiga e’tibor qaratib, “Xalqimizning xavfsizligi Turkiya kafolati ostidadir”, - dedi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Prezident Ersin Tatar yetakchiligida mintaqadagi vaziyat qo‘lga olingan yuqori darajali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tunov kuni Eron tomonidan Isroilga qarshi javob tariqasida insonsiz havo vositalari va ballistik raketalar orqali uyushtirilgan hujumdan tashqari mintaqadagi vaziyatlar qo‘lga olindi. Ortidan junalistlarga bayonot bergan Tatar, Turkiya yuksak qobiliyati va salohiyatini mintaqa tinchligi va osoyishtaligi uchun sarflaganini ta’kidlab, Kipr turk xalqi tashvishlanadigan holat emasligini qayd etdi.

Yig‘ilishda mintaqadagi barcha o‘zgarishlarni batafsil muhokama qilganliklarini ifoda etgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Tatar, Turkiya mintaqadagi eng kuchli davlat ekani va barcha imkonlari bilan Kipr turk xalqini qo‘llab – quvvatlashini ta’kidladi. Mavzu haqida shuningdek:

“Xalqimizning xavfsizligi Turkiya kafolati ostidadir. Xalqimiz Turkiya Respublikasi kafolati ostida xavfsizlik ichida, tinch yashashni davom etadi. Xalqimiz xavotir olmasin”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ShKTR , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar