NATO Eron va Isroilni vazminlikka chaqirdi

"NATO Eronning mintaqada keskinlikni kuchaytirish to’g’risidagi xatti-harakatini qoralaydi va tomonlarni vazminlikka chaqiradi",- deyiladi bayonotda.

2127841
NATO Eron va Isroilni vazminlikka chaqirdi

 

NATO Eron Isroilga hujum qilishi bilan Yaqin Sharqdagi keskinlikni kuchaytirganini ilgari surib, tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

Bu haqda NATO kotibi Farah Daxlallah X tarmog’ida ma’lum qildi.

"NATO Eronning mintaqada keskinlikni kuchaytirish to’g’risidagi xatti-harakatini qoralaydi va tomonlarni vazminlikka chaqiradi",- deyiladi bayonotda.

Uning ta’kidlashicha, NATO o'zgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda.

"Yaqin Sharqdagi to'qnashuvning nazoratdan chiqishini oldiniolish o’ta muhim" deydi u.

Qayd etish joizki, joriy yil 1 aprel kuni Isroil Eronning Damashqdagi konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirib, xalqaro huquq me’yorlari hamda diplomatik vakolatxonalar daxlsizligi prinsini qo‘pol ravishda buzgan edi. Hujum oqibatida ikki nafar eronlik general, jumladan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Suriya va Livan kuchlari qo‘mondoni Muhammad Rizo Zohidiy hamda elchixonaning 5 nafar xodimi halok bo’ldi.

Shu sababli, Eron 14 aprelga o’tar kechasi Isroil hududiga dron va raketalar orqali hujum uyushtirdi. Xalqaro hamjamiyat bu keskinlikning katta urushga aylanib ketishidan xavotirda.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Isroil , #NATO

Aloqador xabarlar