Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni ogohlantirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Eron hujumlariga javob berishdan oldin "puxta bilan o'ylab ko'ring!" deb ogohlantirdi.

2127878
Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni ogohlantirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Eron hujumlariga javob berishdan oldin "puxta bilan o'ylab ko'ring!" deb ogohlantirdi.

Amerikalik yuqori martabali amaldor jurnalistlarga Baydenning Netanyaxu bilan telefon suhbati haqida bayonot berdi.

Rasmiyning ta'kidlashicha, Bayden suhbat chog‘ida Netanyaxuga "ziddiyatning kuchayishi xavfini diqqat bilan ko‘rib chiqish va masalaga strategik nuqtai nazardan yondashish kerakligini" aytgan.

Isroil AQShga Eron bilan ziddiyatni kuchaytirish niyatida emasligini ochiq-oydin bildirganiga e'tibor qaratgan rasmiy, shuningdek, AQShning Isroilning ehtimoliy javob hujumini qo'llab-quvvatlashi mumkinligi haqidagi savolga "ularning bunday rejalari yo'q", deb javob berdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, joriy yil 1 aprel kuni Isroil Eronning Damashqdagi konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirib, xalqaro huquq me’yorlari hamda diplomatik vakolatxonalar daxlsizligi prinsini qo‘pol ravishda buzgan edi. Hujum oqibatida ikki nafar eronlik general, jumladan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Suriya va Livan kuchlari qo‘mondoni Muhammad Rizo Zohidiy hamda elchixonaning 5 nafar xodimi halok bo'ldi.

Eron Isroil konsulligi hujumi o'z mamlakati hududiga hujum qilish degani va ular javob qaytarishlarini e'lon qilgan edi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini bildirdi.

Eron 14 aprelga o'tar kechasi yuzlab kamikadze uchuvchisiz havo vositalari, ballistik va qanotli raketalar bilan Isroilga hujum uyushtirdi va ba'zi harbiy ob'yektlarga zarba berilganini e'lon qildi. Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan oldi olindi, biroq raketa janubdagi harbiy bazaga kelib tushdi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar