"Titanik"da halok bo‘lgan millionerning oltin soati rekord narxda sotildi

Londondagi kimoshdi savdosida "Titanik" kemasida halok bo‘lgan millioner Jon Jeykob Astorga tegishli oltindan yasalgan cho‘ntak soati 1,4 mln yevroga (taxminan 37 mln Turk lirasi) sotildi.

2133299

Fojiadan 112 yil o‘tib sotuvga qo‘yilgan soat eng yaxshi taklifni kiritgan (1,175 mln funt sterling (1,4 mln yevro) amerikalik xususiy kolleksioner ixtiyoriga o‘tdi.

Soliqlar va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, xaridor soat uchun 1 million 175 ming funt to‘laydi. Auktsion uyi umumiy xarajatni "jahon rekordi" deb ta'rifladi.

1912-yil 14-aprelda cho‘kib ketgan “Titanik”ning 2224 nafar yo‘lovchisidan faqat 710 nafari tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Jon Jeykob Astor taniqli tadbirkor, ixtirochi va yozuvchi, "Titanik" kemasiga chipta sotib olgan eng boy odamlardan biri bo‘lgan. Uning kemadagi so‘nggi lahzalari ta’sirchan va sirli.

Tanlangan kalimalar: #Titanik

Aloqador xabarlar