Ramzan Qodirov 16 yoshli o‘g‘lini universitetga kurator etib tayinladi

Bu Adam Qodirovning birinchi missiyasi emas. 16 yoshli Adam avval Checheniston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, otasining xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan va Shayx Mansur batalyonida kurator bo‘lgan.

2133439
Ramzan Qodirov 16 yoshli o‘g‘lini universitetga kurator etib tayinladi

 

Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinladi. 

Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Aziz ukam, Rossiya maxsus kuchlari universiteti boshlig‘i Baybetar Vayxanovning iltimosiga ko‘ra, men Adam Qodirovni Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlashga qaror qildim. U mashhur universitet faoliyati bilan yaqindan tanish, shuning uchun ham o‘ziga yuklangan mas’uliyatni a’lo darajada bajara olishiga ishonaman”, deb yozadi Ramzan Qodirov.

Bu Adam Qodirovning birinchi missiyasi emas. 16 yoshli Adam avval Checheniston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, otasining xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan va Shayx Mansur batalyonida kurator bo‘lgan.

2022-yilning kuzida Checheniston rahbarining uch nafar o‘g‘li Ukrainaning bosib olingan hududlariga tashrif buyurdi. Ramzan Qodirovning aytishicha, oʻgʻillari Ukrainadagi mojarolarda qatnashgan va oʻzlari bilan bir ukrainalik asirni olib kelgan.

16 fevral kuni Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ukraina sharqida Rossiya tomonidan asos solingan Donetsk xalq respublikasi medali bilan taqdirlandi. Bir necha kun oldin Qodirovning yana bir qizi 24 yoshli Hadikat Checheniston hukumati maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

2023-yil noyabrida Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Ahmat Qodirov respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirligining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.


Tanlangan kalimalar: #Checheniston , #Ramzan Qodirov

Aloqador xabarlar