Falastin Qizil Yarim oy jamiyati xodimlari ozod etildi

Falastin Qizil Yarim oy jamiyatining 2 nafar xodimi ozod etildi.

2127831
Falastin Qizil Yarim oy jamiyati xodimlari ozod etildi

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati Isroil tomonidan G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida 50 kundan beri hibsda ushlab turilgan 2 nafar xodimi ozod etilganini ma’lum qildi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda bayonot berildi.

Bundan 50 kun avval Xon Yunusdagi Amal shifoxonasidagi yaradorlarni evakuatsiya qilayotgan bir paytda Isroil askarlari tomonidan qo‘lga olingan 2 nafar tez yordam xodimini qo‘yib yuborganligi ifoda etilgan bayonotda, 6 nafar Qizil Yarim oy jamiyati xodimining esa haligacha Isroil askarlari qo‘lida ekani va ular oqibati noma’lumligi qayd etildi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati, fevral oyida Amal shifoxonasiga qarshi uyushtirgan bosqin chog‘ida qo‘lga olingan 7 nafar xodimining ham 28 - mart kuni qo‘yib yuborilganini bildirgandi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 7 - oktabrdan beri uyushtirgan hujumlarida kamida 33 ming 729 kishi halok bo‘ldi, 76 ming 371 kishi esa tan jarohati oldi. Halok bo‘lganlardan 14 ming 500 nafari yosh bola, 9 ming 560 nafari esa ayol kishidan iborat.

Haligacha vayronalar ostida qurbonlar borligi aytilar ekan xalq jon saqlagan shifoxona va ta’lim muassasalari nishonga olinib, tinch aholi infratuzilmasiga ham ziyon yetkazilmoqda.



Aloqador xabarlar