Pokistonda kuchli yomg‘ir va chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 39 nafarga yetdi
Pokistonning janubi-g‘arbiy viloyatlarida so‘nggi 3 kun ichida kuchli yomg‘ir va chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 39 nafarga yetdi.
Pokistonning janubi-g‘arbiy viloyatlarida so‘nggi 3 kun ichida kuchli yomg‘ir va chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 39 nafarga yetdi.
Dawn veb-saytiga ko'ra, tabiiy ofatlar agentligi rasmiylari,
Panjob, Belujiston va Xayber Pantunxva viloyatlarida 3 kundan beri davom etayotgan kuchli yomg'ir va chaqmoqlar tufayli 39 kishining hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilindi.
Rasmiylar halok bo‘lganlarning aksariyati bug‘doy yig‘im-terimi paytida chaqmoq urgan fermerlar ekanligi haqidagi ma’lumotni bo‘lishdi.
Bosh vazir Shahboz Sharif hukumatga yomg‘irdan jabr ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam yetkazishni topshirdi.
Yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlarida ko‘plab uylar zarar ko‘rgan bo‘lsa, infratuzilmaga ham jiddiy zarar yetgan.