Shveytsariyaning Jeneva shahrida havo harorati 28,3 darajaga ko'tarildi

Shveytsariya meteorologiya va iqlimshunoslik federal boshqarmasi (MeteoSwiss) Jenevada issiq ob-havo haqida ma'lumotni X ijtimoiy media platformasida bo'lishdi.

2127810
Shveytsariyaning Jeneva shahrida havo harorati 28,3 darajaga ko'tarildi

 

Aprel oyidagi harorat rekordi Shveytsariyaning Jeneva shahrida 28,3 daraja bilan yangilandi.

Shveytsariya meteorologiya va iqlimshunoslik federal boshqarmasi (MeteoSwiss) Jenevada issiq ob-havo haqida ma'lumotni X ijtimoiy media platformasida bo'lishdi.

Postda kecha termometrlar bir muddat Selsiy bo‘yicha 28,3 darajani ko‘rsatgani va aprel oyidagi harorat rekordi shaharda yangilangani qayd etilgan.

Xabarda avvalgi rekord 27,7 daraja Selsiy bo‘yicha 1934-yilga tegishli ekanligi aytilgan.

Dam olish kunlari Shveytsariyada issiq havo hukmron bo‘lsa-da, hafta boshidan havo haroratining pasayishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Harorat , #3 daraja , #28 , #Cenevre

Aloqador xabarlar