Turkiyadagi ishsizlik darajasi 9,4 foizga kamaydi
Bu ko'rsatgich oxirgi 10 yilning eng past darajasi deb topildi.
2119707
Turkiyadagi ishsizlik darajasi 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 1 ball pasayib, 9,4 foizga kamaydi.
Bu ko'rsatgich oxirgi 10 yilning eng past darajasi deb topildi.
Turkiya Statistika Instituti (TUIK) 2023 yil uchun ishchi kuchi statistikasini e'lon qildi.
Shunga ko‘ra, 2023-yilda 15 va undan katta yoshdagi ishsizlar soni o‘tgan yilga nisbatan 318 ming kishiga kamayib, 3 million 264 ming kishini tashkil qildi.
Ishsizlik darajasi 1 balga kamayib, 9,4 foizni tashkil etdi.
Ish bilan band aholi soni 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 880 ming kishiga oshib, 31 million 632 ming kishiga yetdi, bandlik darajasi esa 0,8 balga oshib, 48,3 foizni tashkil etdi.