THY 10 yillik tanaffusdan so‘ng Liviyaga parvozlarini qayta boshladi

Tripoliga haftada 3 kun, seshanba, payshanba va yakshanba kunlari "Boeing B737-78D" tipidagi samolyotlar bilan parvozlar amalga oshiriladi.

2121917
THY 10 yillik tanaffusdan so‘ng Liviyaga parvozlarini qayta boshladi

 

Turk Havo Yo'llari xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli 10 yillik tanaffusdan so‘ng Liviyaga parvozlarini qayta boshladi.

Bu haqda THY matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, aviakompaniyaning birinchi samolyoti Tripolidagi Mitiga xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Liviya Milliy Birlik Hukumati Transport vaziri Muhammad al-Shahubi bayram munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqida THY parvozlarining qayta tiklanishi "boshqa xalqaro aviakompaniyalar uchun dalda beruvchi qadam" ekanligini aytdi.

Turk Havo Yoʻllari yo'lovchilari Istanbuldan Tripoliga 379 dollardan, Tripolidan Istanbulga esa 299 dollardan boshlanadigan narxlarda sayohat qilishlari mumkin boʻladi.

Tripoliga haftada 3 kun, seshanba, payshanba va yakshanba kunlari "Boeing B737-78D" tipidagi samolyotlar bilan parvozlar amalga oshiriladi.

Turk kompaniyasi Liviyaning boshqa shaharlari – Misurat va Beng‘oziga ham parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida.


Tanlangan kalimalar: #THY

Aloqador xabarlar