Xush kelding, fasllar kelinchagi Navro‘z!

Mana bugun 21-mart fasllar kelinchagi bo'lmish bahor bayrami Navro'z kirib keldi. Navro‘z ezgulik, mehr-oqibat, yasharish va yangilanish timsoli.

2118233
Xush kelding, fasllar kelinchagi Navro‘z!

 

Mana bugun 21-mart fasllar kelinchagi bo'lmish bahor bayrami Navro'z kirib keldi. Navro‘z ezgulik, mehr-oqibat, yasharish va yangilanish timsoli. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat’iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul olingan.

Bu yil Navro‘z muqaddas mohi Ramazon bilan uyg‘unlikda nishonlanayotir. Bu oyda ezgu amallar, ibratli ishlar ko‘lami har qachongidan ham kengaygani har qadamda ko‘zga tashlanmoqda. Ezgu ishlar, savobli amallarning ko‘lami tobora kengaydi.

Dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi tahlikali davrda Navro‘zning buyuk insonparvarlik mohiyati, o‘lmas g‘oyalari, odamzotni tinchlik va do‘stlikni qadrlab, o‘zaro ahillik va hamjihatlikda yashashga, hayotni yanada go‘zal va obod qilishga undaydigan bunyodkorlik ruhi va falsafasi yer yuzidagi turli xalqlarning olijanob intilishlariga ham g‘oyat uyg‘un va hamohangdir. O‘zining insonparvar  g‘oyalari bilan bugun ham ezgulikka xizmat qilayotgan Navro‘z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan.

Darhaqiqat, Navro‘z shukronalik, yaxshilik, mehr, hayot, tiriklik timsoli. Uning qadrini bahorga eson-omon yetib olgan bemorlar, ko‘ngli yarim insonlardan, hayotning har lahzasini tengsiz ne’mat deb bilguvchi nuroniylardan, el-yurtga rizq-u ro‘z sochayotgan mirishkor dehqonlardan, maysazorda qiyqirishib, quvlashib yurgan bolajonlardan so‘rang!

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Navro'z

Aloqador xabarlar