O'zbekiston “Turkish open-2024"ni 5 medal bilan yakunladi

Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha XI “Turkish open“ xalqaro turnirining kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlari yakunlandi.

2102910
O'zbekiston “Turkish open-2024"ni 5 medal bilan yakunladi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha XI “Turkish open“ xalqaro turnirining kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlari yakunlandi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2 tadan oltin va kumush hamda 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlarning so‘nggi kunida ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi. Jumladan, Sultonbek Nabiyev (156 sm.) turnirning kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadaziz Abdullayevga (164 sm.) teng keladigan sportchi topilmadi.

Ma’lumot uchun, bugun o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarga start beriladi. Unda 3 nafar hamyurtimiz dayanga chiqadi:

-44 kg: Valeriya Xegay – Yaren Karademir (Turkiya)

-49 kg: Laylo Hasanova – Hilal Mert (Turkiya)/Nevin Unaldi (Turkiya) bahsi g‘olibiga qarshi

-59 kg: Mubina Bobosaidova – Zeynep Nur Bursa (Turkiya).


Tanlangan kalimalar: #Turkish open-2024

Aloqador xabarlar