AQSh Davlat kotibi maslahatchisi Jon Bass Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif chog'ida ikki tomonlama munosabatlar, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o’rtasida 7-8 mart kunlari bo'lib o'tgan "7-Turkiya-AQSh strategik mexanizmi" yig'ilishida kelishilgan masalalar muhokama qilinadi.

2127544
AQSh Davlat kotibi maslahatchisi Jon Bass Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining ma'muriy va siyosiy masalalar bo'yicha maslahatchisi vazifasini bajaruvchi Jon Bass bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Ushbu tashrif Turkiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Burak Akchaparning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, tashrif chog'ida ikki tomonlama munosabatlar, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o’rtasida 7-8 mart kunlari bo'lib o'tgan "7-Turkiya-AQSh strategik mexanizmi" yig'ilishida kelishilgan masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar, G‘azodagi o‘zgarishlar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar