Turkiya va AQSh Eron-Isroil mojarolarini muhokama qildi

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin va AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns telefon orqali muloqot qildi.

2127550

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig'i Ibrohim Kalinga Xayit munosabati bilan qo'ng'iroq qilgan. Suhbat davomida Eron-Isroil mojarolari muhokama qilingan. AQSh Turkiyadan Eron va Isroil o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishda vositachi bo'lishni so'ragan.

Yetakchilar shuningdek, G'azoda o't ochishni to'xtatish muzokaralari bo'yicha fikr almashdi.

Qayd etilishicha, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin kun davomida Hamas yetakchisi bilan ham muloqot o'tkazdi.

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar