Steinmeier Ataturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Steinmeier, Turkiya Respublikasining asoschisi, buyuk yo‘lboshchi Mustafa Kemal Ataturkning qabri o‘rin olgan Anitqabrni ziyorat qildi.

2131486
Steinmeier Ataturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Germaniya Prezidenti Frank - Walter Steinmeierni prezidentlik kulliyasida qabul qiladi.

Steinmeier mazkur qabul oldidan Turkiya Respublikasining asoschisi, buyuk yo‘lboshchi Mustafa Kemal Ataturkning qabri o‘rin olgan Anitqabrni ziyorat qildi.

Ataturk qabriga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirgan Steinmeier ortidan Anitqabr maxsus daftarchasini imzoladi.

Frank - Walter Steinmeier unda:

“Germaniya Prezidenti sifatida Turkiya Respublikasiga tashrif buyurib, bu davlatning asoschisi Mustafa Kemal Ataturkga hurmat bajo keltirish men uchun katta sharafdir. Uning Yevropaga boʻlgan ko‘z qarashi, Germaniya bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi 100 yillik chuqur doʻstlikka ham asos soldi. Xalqlarimiz, bir – birining davlatida yana – da yaxshiroq hayot sharoiti yoki himoya izlagan kuchli ayol va erkaklarning ko‘plab hikoyasi bilan shaklangan samimiy aloqani his qilmoqda. Millionlab turk millatiga mansub inson bugungi kunda yurtimizni boyitmoqda. Aloqalarning hazinasi, munosabatlarimizning yana – da mustahkam tus olishi uchun muhim asosdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar