Turkiya NATO bosh kotibligiga nomzod Mark Ryutteni qo‘llab-quvvatlaydi

Mark Ryutte 26-aprel kuni Turkiyaga tashrif buyurib, prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashgandi. U qo'shma matbuot anjumanida NATOning janubiy qanoti Turkiya va Turkiya rahbariyatiga muhtoj ekanini aytgandi.

2133341
Turkiya NATO bosh kotibligiga nomzod Mark Ryutteni qo‘llab-quvvatlaydi

 

Turkiya NATO bosh kotibligi uchun nomzodi qo‘yilgan Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutteni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar qatoriga qo'shildi.

Shu paytgacha Turkiya hozirgi bosh kotib Yens Stoltenberg o‘rnida Ryutteni ko‘rishni istamayotgan to‘rt davlatdan biri edi. Boshqa ittifoqchilar, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Ryutte uchun ovoz berishini ma’lum qilgandi.

Mark Ryutte 26-aprel kuni Turkiyaga tashrif buyurib, prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashgandi.

U qo'shma matbuot anjumanida NATOning janubiy qanoti Turkiya va Turkiya rahbariyatiga muhtoj ekanini aytgandi.

"Turkiya hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni amalga oshirar ekan, G'azodagi vaziyatni hal qilish uchun harakat qilmoqda. Ularning Ukrainadagi bu dahshatli urush borasida ham harakatlari bor. Bu borada siz muhim rol o'ynayapsiz”, degan edi Niderlandiya bosh vaziri matbuot anjumanida.


Tanlangan kalimalar: #Mark Ryutte , #Turkiya

Aloqador xabarlar