ata-beyit-qirgiz-tarixining-achchiq-haqiqati

“Ata-Beyit”-qirg'iz tarixining achchiq haqiqati

“Ata-Beyit” (“Otalar mozori”)-Stalin qatag‘oni qurboni 138 kishining qabristonini buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov nomlagan

27 Şubat 2021 20:33

“Ata-Beyit” (“Otalar mozori”) yodgorlik majmuasi Bishkek shahridan 30 km uzoqlikdagi Chon-Tosh qishlog‘ida Asqar Akayev hukmronligi davrida qurilgan.

Qariyb yarim asr davomida Stalin qatag‘onlari qurbonlari otilgan joylar sir saqlangan, oradan yillar o’tib esa137 kishining skeletlari topilgan.

1991-yil avgust oyida ular xalq ishtirokida ko'milgan.  Qatag’on qurbonlari orasida Chingiz Aytmatovning otasi To'roqul Aytmatov ham bo’lgan.

Buyuk adibning taklifiga binoan bu joy "Ata-Beyit" deb nomlangan. Keyinchalik, Chingiz Aytmatov vafotidan so'ng, u ham Ata-Beytga otasining yoniga dafn etilgan.

Keyinchalik, Ata-Beyitga 2010-yil aprel inqilobida halok bo'lgan 27 kishi ham dafn etildi. Shunday qilib, ushbu majmua qirg'izistonliklar uchun uchun mühim ziyoratgohga aylandi.

1938-yil 138 kishi boshidan otib o‘ldirilgan, mahbuslarning tanalari g‘isht pishituvchi pechga tashlanib, so‘ng ko‘mib yuborilgan.

Ular orasida Qirg'izistonning 20-30-yillardagi taniqli siyosiy, davlat va jamoat arboblari, qirg'iz adabiyoti va san'atining taniqli namoyandalari ham bo'lgan.

Ushbu ommaviy otish va maxfiy dafn qilish 90-yillarning boshlariga qadar sir saqlanib kelgan. Keyinchalik Bubura Kidiraliyeva mahbuslar otilgan Chon-Toshdagi maxfiy joy haqida gapirib bergan. Qazish ishlari 1991-yil 12-iyunda boshlanib, iyulda yakunlandi. Ularni dafn etish va xotirasini abadiylashtirish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. 1991-yil 30-avgust kuni Bishkekda motam va dafn marosimi o’tkazildi.

"Ata-Beyit" yodgorlik majmuasi rahbari Gulnora Tursunbekova Anadolu agentligiga bergan intervyusida ushbu majmua qirg'izistonliklar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda mahalliy aholi va chet elliklar orasida ham eng ko’p tashrif buyurilgan makon ekanligini bildirdi.

 

Yangiliklar