onadoli-madaniyatlari-muzeyi-boy-va-qadim-eksponatlarga-ega-betakror-muzey

Onado'li Madaniyatlari muzeyi- boy va qadim eksponatlarga ega betakror muzey

Onado'li - qadim tsivilizatsiyalar guvohi bo'lgan tarixiy tuproqlar

19 Ocak 2022 10:34

Onado'li mintaqasi chuqur va boy tarixga ega.

Bu hudud bir qancha tsivilizatsiyalar va ko'plab xalqlarning vatani hisoblanadi. Anqaradagi Onado'li Madaniyatlari muzeyi bu tarixni  hikoya qiluvchi topilmalarga boy.

Muzey 1921 yilda tashkil etilgan. Mustafo Kamol Otaturkning g'oyasi bilan Xetit asarlari butun mamlakatdan to'plana boshladi. O'sha paytda madaniyat mudiri bo'lgan Galip Bey, Anqara qal'asidagi Akkale qal'asi, Avgust ibodatxonasi va Rim hammomini muzeyga aylantirdi.

Yeropada "Yil muzeyi" deb topildi

1943 yilda ta'mirlash ishlari tugallanib, muzeyning markaziy qismi ochildi. 1997-yilda Onado'li Madaniyatlari muzeyi 68 ta muzey orasidan Yevropada “Yilning eng yaxshi muzeyi” sifatida tanlandi. Bu dunyodagi noyob kolleksiyalarga ega sanoqli muzeylardan biri.

Muzey Onado'li tarixi haqida hikoya qiladi

Muzey eksponatlari xronologik bo'limlarga bo'lingan holda namoyish etiladi.

Yuqori zalda paleolit, xalkolit, eski bronza, Ossuriya savdo koloniyalari, eski Xet va Xet imperatorlik davrlari, Frigiya podsholigi, Keyingi zalda Xet podsholigi, Urartu podsholigi, quyi zalda esa “Asrlar davomida Ankara”  mavzusidagi eksponatlar joy olgan.

Xet diniy marosimlari haqida ma'lumot beruvchi topilma

Muzeydagi eng muhim eksponat Xet davriga oid topilmadir. Miloddan avvalgi 17-asrga tegishli ekanligi taxmin qilingan va Xet diniy urf-odatlari haqida muhim maʼlumotlarni taqdim etuvchi bu madaniy boylik 1966-yilda Chanqiri Inandikda topilgan.

Muzeydagi eng muhim topilmalardan biri xet quyosh diski bo'lib, u bronzadan yasalgan va taxminan 4250 yil oldin diniy marosimlarda ishlatilgan.

 

"Gumgali oltin ko'za"

 

Muzeydagi yana bir muhim eksponat bu “tumshuqli oltin idish”dir.  Xet davriga oid ushbu tarixiy boylik o'g'irlanib, Britaniyaga olib ketilgan. Keyinchalik esa bu eksponat  Turkiya Respublikasi tashabbusi bilan muzeyga qaytarildi.

 

Anadoludagi tarixiy Arslantepa shahridan topilmalar

 

2021-yil 26-iyulda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Arslantepa hududida arxeologik qazishmalar davom etmoqda.

Ilgari olib borilgan qazishmalarda Xet haykallari (sher va agʻdarilgan podshoh) topilgan. Shuningdek quvurlar, g‘ishtli omborxona, 2000 dan ortiq muhrlar ham aniqlangan.

Arslon haykallarining dastlabki qazishmalari va Mutalla nomi bilan mashhur shoh haykali hozirda muzeyda saqlanmoqda.

Yangiliklar