ozbekiston-turkiy-tilli-davlatlar-parlament-assambleyasiga-azo-bolishga-qaro

O'zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a'zo bo'lishga qaror qilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a'zo bo'lishini ma'lum qildi

22 Haziran 2021 14:57

Turkiya Adolat va taraqqiyot Partiyasi Istanbul deputati Ismet Uchma va Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Turkiya deputatlaridan iborat Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashdi.

Turkiya-O'zbekiston parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari Usmon Mesten va Toshkent elchisi Olgan Bekar ham ishtirok  etgan ushbu uchrashuvda Turkiy Kengashga a'zo davlatlar va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarning holati hamda O'zbekiston parlamenti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

TURKPA delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Uchma, o'tmishda bo'lgani kabi, bugungi kunda ham Turk dunyosida O'zbekistonning o'ziga xos o'rni borligini ta'kidlab, TURKPA sifatida ular O'zbekiston bilan har sohada aloqalarni rivojlantirishni istashlarini ta'kidladi.

O’z navbatida, Sodiq Safoyev O'zbekiston Turk Kengashi bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini ta'kidladi va shu doirada O'zbekiston parlamenti TURKPA bilan aloqalarini yanada rivojlantirish niyatida ekanligini bildirdi.

Safoyevning ma’lum qilishicha, O'zbekiston TURKPAga a'zo bo'lishga qaror qilgan.

Uchma uchrashuvdan so'ng jurnalistlarga bergan bayonotida, Safoyev O'zbekistonning TURKPAga a'zoligi to'g'risida xushxabar berganini ta'kidladi.

U: "O'zbekistonning TURKPA tarkibida yo'qligi katta kamchilik edi. O'zbekiston Islom tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan muhim mamlakatdir. O'zbekiston bilan birgalikda Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi yanada mustahkamlanadi",-dedi.

 

Yangiliklar