ozbekistonda-aziz-sanjarga-faxriy-doktorlik-unvoni-berildi

O'zbekistonda Aziz Sanjarga faxriy doktorlik unvoni berildi

Nobel mukofoti sovrindori prof. Doktor Aziz Sanjarga O'zbekiston Xalqaro Ipak yo'li turizm universiteti tomonidan faxriy doktorlik unvoni berildi.

21 Eylül 2021 15:29

Prof. Doktor Aziz Sanjar O'zbekistonning tarixiy shahri Samarqanddagi universitetga tashrif buyurdi va talabalar bilan uchrashdi.

O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari, rektor Aziz Abduhakimov Nobel mukofoti sovrindori olim A. Sanjarning universitetga tashrifidan mamnunligini bildirdi. A. Abduhakimovning aytishicha, universitet ilmiy qo'mitasi A. Sanjarga faxriy doktorlik unvonini berishga qaror qilgan.

Keyinchalik A. Abduhakimov A. Sanjarga faxriy doktorlik unvonini topshirdi.

"Turk dunyosida fan va milliy rivojlanish" mavzusida ma'ruza qilganidan so'ng, A. Sanjar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Universitetning faxriy kitobiga imzo chekkan A  Sanjar o'zbekistonlik talabalar va professor-o'qituvchilar bilan esdalik uchun suratga tushdi.

A. Sanjarga 2018 yil oktyabr oyida ham O'zbekistondagi qator oliy o'quv yurtlari tomonidan faxriy doktorlik unvoni berilgan edi.

Yangiliklar