qrimda-quroni-karim-xurjuni-sanati

Qrimda Qur'oni Karim xurjuni san'ati

Qrimda Qur'oni Karim xurjuni turli naqshlar bilan, xattotlik bilan bezatiladi

15 Ocak 2022 19:38

Qrimning tub aholisi bo'lgan Qrim tatarlari islom an'analariga amal qiladilar. Sovet davridagi dinga qarshi siyosat ham buni o'zgartira olmadi.

1944-yil 18-mayda ko‘plab qrim-tatarlar deportatsiya qilindi va uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.  Sovet askarlari ularga Qur'onni maydalash, tupurish yoki yoqishni buyurdilar. Biroq Qrim tatarlari buning o‘rniga o‘limni tanladilar.

Sovet armiyasining dahshatli vahshiyliklaridan omon qolganlar o‘z surgunlarida Qur’oni Karimni saqlab qolishgan. Bu kitob Qrimliklar uchun nafaqat muqaddas İslomni, balki qrim-tatarlarning o‘z vataniga, ajdodlariga, yaqinlari va farzandlariga bo‘lgan sog‘inchini ifodalaydi. Ayollar bu muqaddas kitob uchun maxsus xalta yasab, uyning to'risiga osib qo‘yishgan.

Vaqt o‘tishi bilan qrim-tatarlarning o‘z vataniga bo‘lgan muhabbati, sog‘inchlari Qur’on xurjunlarida o‘z aksini topa boshladi. Qur'oni Karim xujrasi dagi kashta va naqshlar Vatan havosi, shamoli, tog‘lari, dengizi,  bog‘larining ramzidir.

Yangiliklar