turkiya-royxatga-olingan-geografik-ko-rsatgichlar-va-milliy-mahsulotlar-soni-b

Turkiya ro'yxatga olingan geografik ko’rsatgichlar va milliy mahsulotlar soni  bo'yicha Yevropadan ortda qoldirdi

Bugungi kunga qadar Turkiya 882 ta mahsulotni rasman ro'yxatdan o'tkazdi.

25 Eylül 2021 15:45

Turkiya ro'yxatga olingan geografik ko’rsatgichlar va milliy mahsulotlar soni  bo'yicha Yevropadan ancha oldinda. Misol uchun, so'nggi 20 yil ichida Yevropa Ittifoqining 29 ta mahsuloti, Turkiyaning  Gaziantep hududida esa 2001 yildan beri 32 ta mahsulot ro'yxatga olingan.

Turkiyada geografik ko'rsatkichlar va milliy mahsulotlarni ro'yxatga olish 1995 yilda boshlangan.

Bugungi kunga qadar Turkiya 882 ta mahsulotni rasman ro'yxatdan o'tkazdi. Ushbu sohada Gaziantep viloyati yetakchi hisoblanadi.

Geografik ko'rsatkichlar va milliy mahsulotlarni ro’yxatdan o’tkazish markazi raisi Prof.Dr. Yavuz Tekeliog'luga ko'ra, Gaziantep viloyati 68 ta mahsulotni  rasman ro'yxatdan o'tkazgan. Erzurum viloyatida 15 ta, Malatyada 14 ta va Vanda 11 ta mahsulot ro'yxatga olingan.

Yavuz Tekeliog'lu, Yevropa Ittifoqi shu paytgacha 1357 ta mahsulotni ro'yxatdan o'tkazganini ta'kidladi.

Oxirgi kunlarda geografik ko'rsatkichlar bilan himoyalangan mahsulotlarni ro'yxatga olish sohasida Turkiya hududlari o'rtasida raqobat kuchaygan.

Yangiliklar