turkiyaning-o-zbekistondagi-elchisi-mehmet-surayyo-er-ozbekiston-bosh-vazirinin

Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Sardor Umurzoqov va O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabulida bo'ldi

Uchrashuvlarda O'zbekiston va Turkiya ko'p qirrali hamkorligining holati va ushbu hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan

27 Şubat 2021 19:55

O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er o’rtasidagi uchrashuv chog’ida O'zbekiston va Turkiya ko'p qirrali hamkorligining holati va ushbu hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Xususan ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmini 2025 yilda 5 milliard dollarga olib chiqish masalasi yuzasidan va O'zbekiston-Turkiya hukumatlararo qo'shma iqtisodiy komissiyasi 6. uchrashuvni tashkil etish  masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Umurzoqov va Er kelgusi oy Samarqandda Turkiya Bosh konsulligi ochilishining ikki tomonlama hamkorlikni  rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Shuningdek, O'zbekistonda o'zbek-turk universitetining ochilishi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo'lishini ta'kidlab, Umurzoqov va Er bu jaryonni tezlashtirishlarini bildirdilar.

S. Umurzoqov, Turkiya va O’zbekiston hamkorligini rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun M.S. Erga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan ham uchrashdi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Er va Komilov  o’rtasidagi uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig'ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqilgan.

2019-yil yanvar oyida O'zbekistonda elchi sifatida faoliyat boshlagan Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Mehmet Surayyo Erning vazifasi bu oy yakuniga yetadi.

 

Yangiliklar