turkiyaning-ozbekistondagi-elchisi-mehmet-surayyo-erning-vazifa-muddati-yakunla

Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Erning vazifa muddati yakunlandi

Toshkent Elchixonasi bog'ida xayrlashuv tadbiri o'tkazildi

28 Şubat 2021 09:55

Toshkent Elchixonasi bog'ida bo'lib o'tgan xayrlashuv tadbirida elchixona a'zolari va mamlakatdagi turk muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

O'z nutqida, Mehmet Surayyo Er O'zbekistondagi faoliyati davomida Turkiya va O’zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilganligini va bunda elchixonadagi barcha xodimlarning hissasi borligini aytdi.

Mehmet Surayyo Er o’zi ikki yil davomida hamjihatlikda birga ishlagan barcha elchixona a'zolariga minnatdorchilik bildirdi.

O’z navbatida, Toshkent elchixonasi diniy xizmatlar bo'yicha maslahatchisi Ibrohim Gemici elchixona a'zolari nomidan Erga samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Gemici Erga Toshkent elchixonasi xodimlari nomidan yorliq taqdim etdi.

Eslatib o’tamiz,  Mehmet Surayyo Er 2019-yil yanvar oyida O'zbekistonda elchi sifatida faoliyat boshlagan edi.

 

Yangiliklar