turkiyaning-qadimiy-kemaliya-tumani-jahon-merosi-royxatiga-nomzod-etib-korsat

Turkiyaning qadimiy Kemaliya tumani Jahon merosi ro'yxatiga nomzod etib ko'rsatilgan

YuNESKOning Butunjahon merosi qo'mitasining Parijda bo'lib o'tgan yig'ilishida Erzinjan viloyatining Kemaliye tumani "Insoniyatning madaniy merosi" nominatsiyasida vaqtincha ro'yxatga kiritilgan. Tarixiy tumanni doimiy ro'yxatga kiritish sa’y-harakatlari esa davom etmoqda.

19 Haziran 2021 12:08

YuNESKOning Butunjahon merosi qo'mitasining Parijda bo'lib o'tgan yig'ilishida Erzinjan viloyatining Kemaliye (Kamoliya) tumani "Insoniyatning  madaniy merosi" nominatsiyasida vaqtincha ro'yxatga kiritilgan. Tarixiy tumanni asosiy (doimiy) ro'yxatga kiritish sa’y-harakatlari esa davom etmoqda.

 

Tuman tarixi

 

Erzinjan viloyati Kemaliye tumani tarixi miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlariga to'g'ri keladi. Shahar qadimiy me'moriy obidalari, tarixi, madaniy boyliklari va tabiiy go'zalligi bilan dunyoga mashhur. To'qqiz yo'lning etagida joylashgan bo'lib, u qo'ldan qo'lga o'tib, Rim, Vizantiya, Ilhanli, Akkoyunlu, Saljuqiylar va Usmoniylar imperiyalari tomonidan boshqarilgan.

Mintaqaning tarixiy nomi “Egin” bo’lib, bu so'z "jannat kabi go'zal makon" degan ma'noni anglatadi.

Mustafo Kamol Otaturk, milliy ozodlik uchun urushda xalqining qahramonligi tufayli Egin tumaniga "Kemaliye" deb nom berdi.

Kemaliye viloyati Buyuk Ipak yo'li bo'ylab joylashgan bo’lib, bu yerdan ko’plab  savdo karvonlari o'tgan.

Tumandagi  KEMAV madaniyat va taraqqiyot jamg'armasi rahbari Ferudun Chelikmenning so'zlariga ko'ra, mintaqada ipak qurtlari va tutlar yetishtiriladi.

Yangiliklar