turkmanistonda-toylarda-urf-odatlarga-katta-ahamiyat-beriladi

Turkmanistonda to'ylarda urf-odatlarga katta ahamiyat beriladi

Hozirgi kunda qadim urf - odatlar zamonaviy to'ylarga moslashtirilgan

15 Ocak 2022 13:14

Har qanday xalqda ota-ona farzandining kelajagi, farovonligi haqida qayg‘uradi. Turkmanlar farzandlarini turmushga berishni ota-onalarning burchi deb biladilar.

Turkmanistonda ilgari zamonlarda to‘ylar uch kun davom etardi.

Kuyovning eshigi oldida turkman chodiri tikiladi. Erta tongda ovqat qozonlarda pishiriladi. Hayvonlar so‘yilib, mazali taomlar tayyorlanadi.

Qizig‘i shundaki, turkman qizlari to‘ylarida kiyadigan kiyim-kechak va taqinchoqlarning vazni qizning o'z vaznidan og‘irlik qiladi. Zargarlik buyumlarining vazni 36 kilogrammni tashkil etsa, qo‘lda tikilgan qalpoq va ko‘ylakning vazni 40 kilogrammdan oshadi. 

Kuyov kelinni olib ketishga tayyorlanadi. Qiz tantanali bezaklar va chiroyli libos kiyadi. Bu ziyofatda har ikki tomon yoshlari maroq bilan turli qo‘shiqlar kuylashadi. Qizning ota-onasi, yaqinlari u bilan xayrlashadi. 

Kelin uyini tark etgandan so'ng, to'y kuyov tomonida davom etadi.

Hozirgi kunda to‘y-hashamlar zamonaviy hayotga moslashtirilgan bo‘lsa-da, ayni paytda urf-odatlar ham unutilmasdan to'ylar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar