xorijdagi-turklar-va-qardosh-hamjamiyatlar-tashkiloti-ytb-ning-xalqaro-turkiya

Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar tashkiloti (YTB)ning xalqaro Turkiya stipendiyalari dasturiga katta qiziqish ko'rsatildi

Ushbu stipendiya dasturiga qiziqish ortgan va dunyodan kelgan murojaat hujjatlari rekord darajasida bo'lgan

28 Şubat 2021 12:50

 

Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar tashkiloti (YTB) tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, xalqaro Turkiya stipendiyalari dasturiga  hujjatlarni qabul qilish jarayoni 10-yanvarda boshlanib, 20-fevralda yakunlandi.

Bu yil dunyodagi 178 mamlakatdan 165 ming 511 nafar xalqaro talaba Turkiyada  doktorantura, magistratura va bakalavr darajalarida o'qish uchun murojaat qilgan.

Akademiklar va mutaxassislar o’tqazgan intervyu natijalariga ko’ra muvaffaqiyatli nomzodlar Turkiyadagi universitetlarda grant asosida o'qish huquqiga ega bo'ladi.

YTB rahbari Abdullah Eren o’zining ijtimoiy media sahifasi  orqali stipendiya dasturiga murojaat qilish muddati tugaganligini e’lon qildi.

Eren ushbu stipendiya dasturiga qiziqish ortganligini va dunyodan kelgan murojaat hujjatlari rekord darajada ekanligini bildirgan.

Har bir nomzod akademik va ijtimoiy muvaffaqiyati mezonlari doirasida baholandi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar Turkiyaning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish huquqini qo’lga kritadi.

Turkiyada o'qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar, o’z mamlakatlari va Turkiya o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o'ynamoqda.

Shuningdek, ular mintaqaviy va global muammolarni hal qilishda ishtirok etadi.

Bitiruvchilar butun dunyo bo'ylab o’z bilim, malaka va tajribalarini almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

Yangiliklar