Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo'lib o'tadi

Bayonotga ko’ra, Anqarada bo'lib o'tadigan yig’ilish munosabati bilan Turkmaniston vazirlar kengashi rahbari o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ertaga, 23 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

1588242
Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo'lib o'tadi

 

Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig’ilishi Turkiyada bo’lib o’tadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, ushbu yig’ilish munosabati bilan Turkmaniston vazirlar kengashi rahbari o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ertaga, 23 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Turkiya bilan Turkmaniston o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ko’zdan kechiriladi, shuningdek mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilinadi.

Rashid Meredov Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig’ilishi doirasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashadi.

Uchrashuv va muzokaralarda mamlakatlar o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarning keng dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkmaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar