Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi energiya vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tadi

Mazkur onlayn tadbirda Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Vengriya energiya vazirlari ishtirok etadi.

1589173
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi energiya vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tadi

 

Ertaga, 24 fevral kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) energiya vazirlarining videokonferensiya shaklida uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Mazkur onlayn tadbirda Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez, Qozog’iston energiya vaziri Nurlan Nog’ayev, Qirg’iziston energiya va industriya vaziri Kubanichbek Turdubayev, O’zbekiston energiya vaziri Alisher Sultonov va Vengriya innovatsiya va texnologiya vazirligi huzuridagi energiya siyosatidan mas’ul davlat vaziri Attila Steiner ma’ruza qiladi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ma’lum qilishicha, anjumanda Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar o’rtasida energiya bo’yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Turkiy kengash o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilinadi.

Mazkur onlayn uchrashuvni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagdad Amrayev bilan Ozarbayjon energiya vaziri Perviz Shaxbazov ochib beradi.



Aloqador xabarlar