AQShda nodavlat tashkilotlari Xo’jali qurbonlarini yodga oldi

Turkiya-Amerika boshqaruv qo'mitasi (TASC) 1992 yili Ozarbayjonning Xo'jali shahrida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan sodir etilgan qirg’inni qoraladi.

1591257
AQShda nodavlat tashkilotlari Xo’jali qurbonlarini yodga oldi

 

Turkiya-Amerika boshqaruv qo'mitasi (TASC) Ozarbayjonning Xo'jali shahrida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan sodir etilgan qirg’inni qoraladi. Shuningdek, qirg’inda vahshiylarcha qatl etilgan begunoh 613 kishining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

"Biz xalqaro hamjamiyatni Armaniston kuchlari tomonidan sodir etilgan vahshiyliklar to'g'risida xabardor qilishimiz va ushbu jirkanch urush jinoyati uchun adolat talab qilishimiz kerak”,- deyilgan tashkilot bayonotida.

Turkiya-Amerika Hamjamiyatlari Ma'muriyati (ATAA) tomonidan berilgan bayonotda ham 1992-yildagi Xo'jali qirg'ini qattiq qoralandi. Ma'muriyat Amerika Qo'shma Shtatlari va xalqaro hamjamiyatni ushbu  jinoyat  sababli Armaniston rahbarlarini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Xo'jali qirg'ini

1992-yil 26-fevralga o'tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjonning Xo'jali shahriga bostirib kirib, 613 nafar begunoh insonni qatl etdi. Ulardan 83 nafari bolalar, 106 nafari ayollar va 70 nafari keksalar bo’lgan. Qirg'inda 487 kishi og’ir tan jarohati olgan. Og'ir yaradorlarning 76 nafari bolalardan iborat. 1275 kishi asirga olingan. Ulardan 150  nafari bedarak yo’qolgan bo’lib, ularning taqdiri hamon noma’lum.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Xo'jali qatliomi

Aloqador xabarlar