Qozog'istonda qishloq xo'jaligi yerlari xorijliklarga sotilishi va ijaraga berilishi taqiqlandi

Qozog’iston prezidenti Qosim Jo’mart To’qayev mamlakatda qishloq xo'jaligi ekin yerlarining xorijliklar tomonidan sotib olinishi va  ijaraga berilishiga chek qo'yish bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish haqida ko’rsatma berdi.

1591321
Qozog'istonda qishloq xo'jaligi yerlari xorijliklarga sotilishi va ijaraga berilishi taqiqlandi

 

Qozog'iston qishloq xo'jaligi yerlari chet elliklarga sotilishini va ijaraga berilishini taqiqladi

Bu haqda Qozog’iston prezidenti Qosim Jo’mart To’qayev ma’lum qildi.

Prezidentning bayonotiga ko’ra, mamlakatda qishloq xo'jaligi ekin yerlarining xorijliklar tomonidan sotib olinishi va  ijaraga berilishini taqiqlash bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish haqida ko’rsatma berilgan.

Qozog'istonda davlat va xalq o'rtasidagi muloqotni kuchaytirish maqsadida 2019 yilda tashkil etilgan Jamiyat Ishonchi Milliy Kengashi 5-marotaba prezident To’qayev rahbarligida yig'ilish o’tkazdi.

Mazkur yig’ilishda Prezident To’qayev mamlakat yerlari chet elliklarga sotilishi haqidagi mish-mishlarga barham berish kerakligini aytdi.

U Qozog'iston yerlari davlatning mulki ekanligini ta'kidlab, tegishli davlat idoralariga qishloq xo'jaligi yerlarini xorijliklar sotilishi va  ijaraga berilishini taqiqlash bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish haqida ko’rsatma berdi.

To’qayev: "Yer masalasi xalqimiz uchun juda muhimdir. Men bundan oldin ham yerlarimizning chet elliklarga sotilmasligini aytgan edim. Mamlakatdagi qishloq xo'jaligi yerlari chet elliklarga sotilmaydi va ijaraga berilmaydi. Ushbu taqiqlov chet el aktsiyalariga ega bo'lgan yuridik shaxslarga ham tegishli bo'ladi", dedi.

Eslatib o’tamiz, Qozog'istonda 2016-yildagi namoyishlardan so'ng mamlakatda chet elliklarga qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga berish to’xtatib qo’yilgandi.



Aloqador xabarlar