Tog’li Qorabog’ urushida 2881 nafar ozarbayjonlik askar halok bo‘lgan

Ozarbayjon mudofaa vazirligi Tog’li Qorabog‘da 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan urush davomida 2881 nafar ozarbayjonlik askar halok bo‘lgani haqida e'lon qildi.

1594073
Tog’li Qorabog’ urushida 2881 nafar ozarbayjonlik askar halok bo‘lgan

 

Ozarbayjon mudofaa vazirligi Tog’li Qorabog‘da 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan urush davomida 2 ming 881 nafar ozarbayjonlik askar halok bo‘lgani haqida e'lon qildi.

Bayonotga ko’ra, 2020 yil 27 sentyabrda boshlanib, 10 noyabrda to’xtatilgan Tog’li Qorabog’ urushida halok bo’lgan askarlar ro’yxati yangilandi. Ro’yxatda qayd etilishicha, Tog’li Qorabog’ urushida Ozarbayjon qo’shini safidan 2881 nafar askar halok bo’lgan.

Bundan avvalgi ro’yxatga urushda halok bo’lgan 2855 nafar askarning nomi kiritilgandi. Biroq, bir necha jasadlarning topilishi va ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari olib borilgach, ro’yxat yangilandi. Yangi ro’yxatda halok bo’lgan askarlar soni 2881 nafarni tashkil qilmoqda. 28 askar bedarak yo’qolgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotida jasadlari topilib, dafn etilgan askarlarning ism-familiyalariga ham o’rin berilgan.

Eslatish joizki, Qorabog‘dagi urush 2020 yil 27 sentyabr kuni boshlanib, 9 noyabrdan 10 noyabrga o‘tar kechasi to’xtatilgandi. O‘shanda Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishgandi.

Tinchlik sulhi shartlariga ko‘ra, Ozarbayjon 1990-yillar boshidagi birinchi Qorabog‘ urushi vaqtida arman harbiylari tomonidan ishg’ol qilingan 7ta tumanni hamda Ozarbayjon qo’shinining Tog‘li Qorabog‘da egallagan hududlarni, shu jumladan Shusha va Hadrut hududini qaytarib oldi.

Armaniston harbiylari ishg’ol qilgan Ozarbayjon hududlarini tark eta boshladi va 1 dekabr kuni ular so’nggi hudud Lochin tumanini tark etishdi.

Ozarbayjon Tog’li Qorabog’ urushning bu shaklda yakunlanishini g‘alaba sifatida qabul qildi va prezident Ilhom Aliyevning qaroriga ko‘ra, 8 noyabr kuni Ozarbayjonda G‘alaba kuni deb e’lon qilindi.

Armanistonda esa xalq tinchlik kelishuvini mag’lubiyat deb baholadi. Ular ushbu kelishuvga rozilik bergan bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilishmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar