Qozog‘istondagi voqealarda halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklar davomida 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan, morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan.

1763229
Qozog‘istondagi voqealarda halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

 

Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklar davomida 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan, morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan.

Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi vakili Serik Shalabayev ma’lum qildi.

"Bugungi kun holatiga 4578 nafar inson jabrlangani aniqlangan, ulardan 4353 nafari jarohatlangan, jumladan, 3393 nafar kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari. Favqulodda holat davrida morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan", - deb aytgan Shalabayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlarning 19 nafari politsiya xodimlari va harbiylardir.

Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan 446 kishi qo‘lga olingan.

Shalabayevning ma’lumot berishicha, tergov-operativ guruhi tomonidan 546ta jinoyat ishi o‘rganilmoqda, xususan, ularning 44tasi terrorizm, 34tasi ommaviy tartibsizliklar, 15tasi qotillik ishlariga aloqador.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston

Aloqador xabarlar