Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi Emilbek Kayipov tomonidan o'qib eshittirilgan sud hukmida qayd etilishicha, Atanboyevning davlat mukofotlari va mol-mulki davlatga musodara qilinadi.

1441778
Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

 

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jinoyatchi Aziz Batukayevni pora evaziga qamoqdan chiqarganlikda ayblanib, 11 yil-u 2 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sud hukmi Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi Emilbek Kayipov tomonidan o’qib eshittirildi.

“Sud Atamboyevni aybdor deb topdi va 11 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish to’g’risida jazo berilishini qarorlashtirdi. Atanboyevning davlat mukofotlari va mol-mulki davlatga musodara qilinadi”,- deya ayblovni o‘qib eshittirgan Emilbek Kayipov.

Qirg’izistondagi qamoqxonalarda “kriminal kuch”ga ega bo’lgan va 16 yil qamoq jazosining 8 yilini o’tagan chechen millatiga mansub Aziz Batukayev 2013 yil ozodlikka chiqarilgandi.

Uning Chechenistonga maxsus samolyotda yuborilganligi e’tirozlarga sabab bo’lgandi.

Atamboyev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha mamlakatni boshqargandi. U o‘tgan yilning 8 avgustida Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlarining maxsus operatsiyasi natijasida qo‘lga olingandi.

 



Aloqador xabarlar