Turkiy tilli davlatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qilmoqda

Videokonferensiya shaklidagi yig’ilishda tomonlar COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi.

1451759
Turkiy tilli davlatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qilmoqda

 

Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlari COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik faoliyatlarini jadallik bilan olib bormoqda.

Olingan ma’lumotga ko’ra, videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlari yig’ilishida tomonlar COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagdad Amrayev raisligida o’tkazilgan anjumanda kengashga a’zo mamlakatlar o’rtasida epidemiologik monitoring tizimini ishlab chiqish va infektsiyani kuzatish tizimini tashkil etish uchun hamkorlik yo’lga qo’yishga kelishib oldi.

Shuningdek, Turkiyaning kelgusi oyda Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlariga COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha Izmirda seminar o’tkazilishi va turli mutahassislik sohalarida online dasturlar tashkil etilishiga qaror berildi.

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Emina Alp Meshe Turkiyada COVID-19 epidemiyasini davolashda qo’llanilgan salomatlik protokoli, qo’llanilayotgan dori vositalari va boshqa xususlar bo’yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.

Anjumanning savol-javob qismida Turkiya mutahassislari ishtirokchilarning koronavirus epidemiyasini davolash bo’yicha savollariga javob berdi.

Anjuman yakunida kengashga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida epidemiologik tadqiqotlar va oʻta xavfli infeksiyalarning oldini olish, tashxis qo’yish va davolash boʻyicha maʼlumot va tajriba almashish maqsadida kelgusi kunlarda takror videokonferensiya shaklida yig’ilish o’tkazishga kelishib olindi.



Aloqador xabarlar