Ozarbayjon harbiylari armanlarning ko’chishiga yordam bermoqda

Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish to’g’risidagi kelishuvga ko’ra, Ozarbayjonga oid hududlarda yashab kelayotgan arman aholi hududni tark etmoqda.

1534106
Ozarbayjon harbiylari armanlarning ko’chishiga yordam bermoqda

 

Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish to’g’risidagi kelishuvga ko’ra, Ozarbayjonga oid hududlarda yashab kelayotgan arman aholi hududni tark etmoqda. Ozarbayjon harbiylari armanlarning ko’chishiga yordam bermoqda.

Armanlar ko’chayotib uylarni, maktablarni, davlat idoralarini va o’rmonlarni yoqib ketayotganligi aks etgan video tasvirlar internet tarmoqlarida keng tarqalgandi.

Bunga qaramay, Ozarbayjon harbiylari qiyin sharoit tufayli o’z vaqtida ko’cha olmagan armanlarga yordam bermoqda.

Internetda tarqalgan ba’zi video tasvirlarda Ag’dam shahriga qarashli Abdal Gulobli qishlog’ida o’z vaqtida uyini bo’shatmagan ba’zi arman oilalar Ozarbayjon harbiylaridan yordam so’raganligi aks etgan.

Tasvirlarda Ozarbayjonlik qo’mondon arman aholiga, “Agar xohlasangiz Ozarbayjon fuqarosi sifatida shu yerda yashashingiz mumkin. Xohlasangiz ketishingiz ham mumkin. Hech kim sizlarga yomon muomala qilmaydi. Bundan avval ham sizlarga yordam bergandik. Hurmat bilan kuzatib qo’ygandik”,-deb aytganligi kuzatiladi.

Armanlar ham qo’mondonning aytgan iliq so’zlari uchun minnatdorlik bildirgan. Tasvirlarda Ozarbayjon harbiylari armanlarning yukini kamazlarga ortayotganligi kuzatiladi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon qo’shini 27 sentyabrda Tog’li Qorabog’da boshlangan jangovar harakatlar natijasida g’alabaga erishdi. Armaniston mag’lubiyatini tan oldi. 10 noyabrda Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasida urushni to’xtatish to’g’risida kelishuv imzolandi.

Armaniston qurolli kuchlari kelishuvga muvofiq, 20 noyabrdan boshlab Ag’dam shahrini tark eta boshladi.

Kelishuvga ko‘ra, Armaniston Kalbajar tumanini 15 noyabrda tark etishi kerak edi. Biroq, Ozarbayjon rahbariyati Yerevanning talabi bilan tinch aholi ko’chishi uchun yana 10 kun muxlat bergandi. Shuningdek, qo‘shin kiritilishini 25 noyabrgacha qoldirishga rozi bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar