Turkiya ombudsman instituti Tog’li Qorabog’ bo'yicha hisobot tayyorladi

Ombudsman Sheref Malkoch hisobotda Armaniston qo’shinining Ozarbayjon hududlarida urush jinoyati sodir etganligini qayd etdi. Hisobot shu haftadan boshlab xalqaro tashkilotlarga yuboriladi.

1535699
Turkiya ombudsman instituti Tog’li Qorabog’ bo'yicha hisobot tayyorladi

 

Turkiya ombudsman instituti tomonidan Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ hududida Armaniston qo’shini tomonidan sodir etilgan inson huquqlarini poymol qilish holatlari bo’yicha hisobot tayyorlandi.

OmbudsmanSheref Malkoch hisobotda Armaniston qo’shinining Ozarbayjon hududlarida urush jinoyati sodir etganligini qayd etdi. Hisobot shu haftadan boshlab Turkiya va dunyodagi tegishli tashkilotlarga, qolaversa Yevroittifoq davlatlari parlamentlarining inson huquqlari bo’yicha komissiyalariga yuboriladi.

Hisobot haqida ma’lumot bergan Sheref Malkoch ombudsmanlarning ikki vazifasi borligiga e’tibor qaratib, ulardan biri mamlakatda xalq huquqini himoya qilish, fuqarolar o’rtasidagi muammolarni bartaraf etishga vositachilik qilishdir, ikkinchisi mahalliy va xalqaro maydonda inson huquqlarini himoya qilish va uni targ’ib etish uchun tashabbus ko’rsatish ekanligini ma’lum qildi.

Malkoch hisobotni tayyorlash jarayonida Ozarbayjonga borib,  Armaniston qo’shinining hujumlarida zarar ko’rgan tinch aholi punktlarida tekshiruv o’tkazdi.

“Ozarbayjonga sayohatimizda urush maydonlaridan uzoqdagi aholi punktlarida ayniqsa, Ganja, Tartar, Go’ranboy, Ag’dam, hatto Baku atrofida raketalar bilan nishonga olingan joylarni ko’rdik. Ganja urush maydonidan kmlab uzoq bo’lishiga qaramay, Armanistondan otilgan raketalar kelib tushgan. Tartar ham huddi shunday nishonga olingan”,-deb aytgan ombudsmanSheref Malkoch.

Uning ta’kidlashicha, Armaniston hujumlari oqibatida ozarbayjonlik 94 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan, 414 kishi jarohatlangan.

“Barchamiz urush bo’lmasligini xohlaymiz, biroq xalqaro huquq doirasida o’zini mudofaa qilish va bunga o’xshash sabablar tufayli jang maydonida urush bo’lishi mumkin. Ammo, urush maydoniga 100-150 km uzoqda bo’lgan tinch aholi punktlarini qastdan nishonga olish insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Bu Yevropa inson huquqlari shartnomasiga va Jeneva bitimiga hilofdir”,-deb aytgan ombudsmanSheref Malkoch.

Ozarbayjondagi tekshiruvlarda hujumlarning ayanchli oqibatlariga guvoh bo’lganligini aytgan Malkoch: “Hujumlarda halok bo’lgan insonlarning yaqinlari bilan, jarohatlanganlar bilan gaplashdik. Ota-onasidan ajralib qolgan bolalar bilan gaplashdik. Buzilgan maktablarni va uylarni ko’rdik. Ibodatxonalarga qanchalik zarar berilganligini ko’rdik. Tabiatga qanchalik zarar berilganligini, taqiqlangan qurollar va bombalar qo’llanilganligini ko’rdik. Hisobotda barchasini ro’yxatga oldik”,-dedi.

Ta’kidlanishicha, hisobot 7 moddadan tashkil topgan bo’lib, unda “Tog’li Qorabog’ muammosi”, “Voqea joyida tekshiruv natijasida qo’lga kiritilgan dalillar”, “Inson huquqlari jihatidan to’qnashuvlarni sarhisob qilish” kabi moddalar o’rin olgan.

“Bundan tashqari, hisobotimizda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan sodir etilgan hujumlarning xronologik ro’yxatini tuzdik. Armaniston qurolli kuchlarining hujumlari oqibatida halok bo’lgan tinch aholi vakillarining fotosuratlarini va qayerda halok bo’lganligini birma-bir tekshirdik”,- deb aytgan Sheref Malkoch.

Turkiya ombudsman instituti tomonidan tayyorlangan hisobot bilan tarix sahifalariga ilova kiritilishini tilga olgan Malkoch shunday dedi:

“Urush jinoyati sodir etganlar, tinch aholini qatl etganlar, tabiatga zarar berganlar, yarim tunda soat 01:00da yosh bolalarni yoki keksalarni, urushga aloqador bo’lmagan insonlarni o’ldirganlarni aniqlab, ularni xalqaro sudga topshirishga harakat qildik. Hisobotni shu haftadan boshlab Turkiyadagi tegishli tashkilotlarga va dunyodagi barcha inson huquqlari tashkilotlariga, ombudsmanlarga va inson huquqlari himoyachilariga yuboramiz. Yevropa Ittifoqi davlatlari parlamentlarining inson huquqlari bo’yicha komissiyalariga yuboramiz. Albatta, Ozarbayjonga ham yuboramiz. Biz nafaqat insoniyat uchun, balki inson huquqlari uchun zimmamizdagi mas’uliyatimizni bajarishga harakat qildik. Bundan keyingi ish xalqaro tashkilotlar zimmasida. Bu jinoyatlarni sodir etganlar, tinch aholini qatl etganlar, Jeneva bitimiga, Yevropa inson huquqlari shartnomasiga va Inson huquqlari olamshumul bayonnonasiga zit harakat qilganlarni sudlash uchun prokurorlar va sudyalarga topshirish albatta boshqalarning ham mas’uliyatidadir. Bizning vazifamiz ularni ro’yxatga olishdir”.

Uning ta’kidlashicha, Armaniston urush jinoyati sodir etganiga qaramay, hech kim undan javob talab qilmasligini o’ylamoqda.

“Shuni unutmaslik kerak, endilikda dunyo eski dunyo emas. Ozarbayjon eski Ozarbayjon emas, Turkiya ham eski Turkiya emas. Shu sababli, Armaniston bugungacha uni erkalatib kelgan davlatlar tomonidan himoya qilinishini o’ylamoqda. Biroq, bu hisobot Armanistonni xalqaro sudda jazolash uchun dalil bo’ladi”,-deb aytgan ombudsmanSheref Malkoch.

Ta’kidlanishicha, Armaniston 10 noyabrda imzolangan sulh kelishuvidan so’ng, hududni tark etishi bilan ishg’ol ostidagi hududlarning qanchalik vayron qilinganligi namoyon bo’ldi.

“Shusha, Ag’dam, Tartar va Kalbajarda tarixga xiyonat qilingan. Jome’-masjidlar cho’chqaxonaga aylantirilgan, musulmonlarning qabristonlari toptalgan. Shunday ham bo’ladimi? Xo’jalidagi qatliom va boshqa qatliomlarning javobi mutlaqo so’raladi. Bundan keyin hech kim bunday qatliomlarga jur’at eta olmasin!”,- deb aytgan ombudsman Sheref Malkoch.

Armaniston tomoni to’qnashuv maydonidan umuman uzoq bo’lgan tinch aholi punktlariga qarata hujum sodir etganligi qayd etilgan hisobotda, “Armaniston qurolli kuchlari tinch aholi punktlariga hujum qilib, fosfor bombasi kabi taqiqlangan qurollarni qo’llab, tinch aholi hayotiga xavf soldi hamda xalqaro inson huquqlari doirasida qonunbuzarlikka yo’l qo’ydi” degan ifodalar ham o’rin olgan.

Raketalar bilan nishonga olingan tinch aholi punktlarining fotosuratlari ham o’rin olgan hisobotda, jami 3 ming 410ta uy, 120ta ko’p qavatli bino, fuqarolarga tegishli 512ta muassasa vayron bo’lganligi ro’yxatga olingan.

Hisobotda Armanistonning qurolli hujumlari natijasida o’z yaqinlaridan ajralgan insonlarning faryodlariga ham o’rin berilgan. Ganja shahrida o’z yaqinlaridan ajralgan bir uyga ziyorat uyushtirilgan.

“Hujumlarda ota-onasi va buvisidan ajralib qolgan 2 yoshli Nilayning xolasi bilan tanishdik. Uning aytishicha, Nilayning onasi homilador ekan. Hali dunyoga kelmagan ukasidan ajralib qolgan Nilay to’xtamay yig’layotgani va onasini so’rayotganini aytdi”,-deydi Sheref Malkoch.



Aloqador xabarlar