Ozarbayjon Fransiyaga norozilik notasi berdi

Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Zakari Gross Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qabul qilgan rezolyutsiyasi tufayli norozilik notasi topshirilgan.

1535115
Ozarbayjon Fransiyaga norozilik notasi berdi

 

Ozarbayjon Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilganligi munosabati bilan Fransiyaga norozilik notasi berdi.

Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Zakari Gross Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qabul qilgan rezolyutsiyasi tufayli norozilik notasi topshirilgan.

"Fransiya elchisiga Senat rezolyutsiyasi xalqaro huquq, BMT nizomi, Helsinki yakuniy akti, BMT Xavfsizlik kengashining 1993 yildagi rezolyutsiyalariga zid ekanligi ma'lum qilindi",-deyiladi bayonotda.

Fransiya elchisi Zakari Gross Ozarbayjonning norozilik notasini Fransiya hukumatiga yetkazishini ma’lum qilgan.

Eslatish joizki, Fransiya Senati chorshanba kuni hukumatni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi.



Aloqador xabarlar