Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda o‘z ishtiroki bilan O‘zbekiston elining shonli G‘alabaga erishishdagi buyuk xizmatiga hurmat bajo keltirdi”,-deyiladi ma’lumotda.

1443185
Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi.

Bu haqda O’zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bu yil Rossiya poytaxti Moskva shahrida Buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 9-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli uni tashkil etish keyinga qoldirilgandi.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda o‘z ishtiroki bilan O‘zbekiston elining shonli G‘alabaga erishishdagi buyuk xizmatiga hurmat bajo keltirdi”,-deyiladi ma’lumotda.

Ushbu paradda 13 ta davlatdan 225 ta harbiy texnika, 14 ming askar va ofitser qatnashdi. Rossiya poytaxti osmonidan 55 samolyot va 20 ta vertolyot uchib o‘tdi.

Eslatish joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur paradda qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga jo’nab ketgandi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradga tashrifi uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlangani sababli Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov paradda ishtirok eta olmadi.

 

 



Aloqador xabarlar