O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiyada...

O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Turkiyada bo'lib turibdi. Oliy martabali mehmon safari doirasida turkiyalik bir guruh olimlar bilan uchrashdi.

1490278
O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiyada...

 


O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Turkiyada bo'lib turibdi. 

U safari doirasida turkiyalik bir guruh olimlar bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

Istanbulning eng nufuzli universitetlaridan biri bo'lmish Beruniy universitetida tashkil etilgan uchrashuvda Marmara fondi prezidenti Akkan Suver, Beruniy universiteti rektori Adnan Yuksel, professor Bekir Karlig'a hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

Adnan Yuksel O'zbekistonlik mehmonlarni qutlar ekan, ilmi, ijodi bilan dunyoga ezgulik ulashgan Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi buyuklarimiz tuproqlaridan salom keltirgan bu insonlar biz uchun juda aziz va qadrlidir, - deya vazir tashrifidan mamnun ekanini bildirdi. 
Do'stona uchrashuv davomida Turkiya va O'zbekiston hamkorligida suratga olingan “Beruniy” hujjatli film namoyishi hamda turk va ingliz tillarida chop etilgan “Beruniy” kitobining taqdimoti o'tkazildi. Mazkur asar O'zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Hujjatli filmda allomaning bolaligidan to buyuk mutafakkir bo'lib yetishgunga qadar bo'lgan davr aks ettirilgan. 

Muloqot chog'ida universitet rektori qayd etganidek, buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ilm-fan sohasida katta meros qoldirgan alloma, matematika va astronomiya ilmining bilimdoni sifatida sharq va g'arbda e'zozlanadi. Shuning uchun ham buyuk mutafakkir haqida hali ko'plab ilmiy ijodiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar suratga olinadi, uning asarlari talabalar, professor olimlar tomonidan chuqur o'rganiladi. 

Ozodbek Nazarbekov ko'rsatilgan yuksak ehtirom, do'stona munosabatlardan mamnun ekanini bildirdi. “Beruniy” kitobi va hujjatli filmi uchun Turkiyalik hamkorlarga O'zbek xalqi nomidan minnatdorlik izhor etdi. 

– Mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro hamkorlik va yaqin do'stlik rishtalari mustahkamlangani, ikki davlat rahbarlarining bir-biriga qo'l bergani, biz ijodkorlar uchun juda katta hamkorlik eshiklarini ochdi. Madaniy-ma'rifiy sohadagi faoliyatimiz bizning qardosh va birodar millat bo'lib, birgalikda boshlagan katta ezgu ishlarimizning debochasidir. Xalqingiz bilan qiladigan ishlarimiz hali juda ko'p. Bugun Turk dunyosi o'zining “Men”ini ayta boshladi. Jahon taraqqiyotida, islom sivilizatsiyasida, ilmiy madaniyatning yuksalishida, butun Turkiy xalqlar bir ovozdan “Men” deyishi yo'lida O'zbekistonning ulushi juda katta. Va bu Turk dunyosi uchun manfaatlidir, - dedi Ozodbek Nazarbekov.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Ozodbek Nazarbekov

Aloqador xabarlar