Turkiyalik OAV vakillari Buxoroga sayohat qildi

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda. Mehmonlar 5 kun davomida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishadi.

1588185
Turkiyalik OAV vakillari Buxoroga sayohat qildi

 

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda. Mehmonlar 5 kun davomida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishadi. Mazkur turdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda ziyorat turizmini yanada rivojlantirishdan iborat, deb xabar bermoqda O’zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Media-guruh sayohati tarixiy Buxoro shahrining qadimiy hamda muqaddas manzillari bo‘ylab ziyoratlar bilan  boshlandi. Mehmonlar Bahouddin Naqshband, Poyi Kalon, Labi Hovuz majmualari hamda Ark qo‘rg‘onida bo‘ldi. Ular shuningdek, Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan iliq kutib olinib, uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida so‘z yuritildi.

Turkiyalik media mansublari ishtirokidagi mazkur sayohat “Asialuxe Travel” milliy tur operatori tomonidan O’zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.  


Tanlangan kalimalar: #Buxoro , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar