Qozog'iston va Qirg'iziston strategik hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog'istonga ikki kunlik rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Oliy martabali mehmon Qozog'iston prezidenti Qasim Jo’mart To’qayev tomonidan Akorda saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1593972
Qozog'iston va Qirg'iziston strategik hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Sadır Caparov-Nursultan Nazarbaev 1.jpg
sadır Caparov-Nursultan Nazarbaev 4.jpg
sadır Caparov-Nursultan Nazarbaev 3.jpg
sadır Caparov-Nursultan Nazarbaev 2.jpg

 

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog'istonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Qozog'iston prezidentining matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog'istonga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan.

Sadir Japarovni Qozog'iston davlat rahbari Qasim Jo’mart To’qayev Akorda saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Tantanali marosimdan so'ng, o'zaro va hay’atlararo muzokaralar bo’lib o’tdi. Prezidentlar Qasim Jo’mart To’qayev va Sadir Japarov raisligida bo’lib o’tgan muzokaralarda o'zaro hamkorlik masalalari, shu jumladan savdo, iqtisodiyot, sarmoya, mudofaa, energetika, suv resurslari, bojxona, sog'liqni saqlash, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish haqida kelishib olindi.

Uchrashuvlardan so'ng e'lon qilingan qo'shma bayonotga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o'zaro ishonch va tenglik asosida mustahkamlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

Bunga ko’ra, Qozog'iston va Qirg'iziston sanoat, gidroenergetika, yoqilg'i-energetika kompleksi, yer osti boyliklaridan foydalanish, qishloq xo'jaligi, qayta ishlash sektori, logistika va bank sohalarida hamkorlik loyihalarini amalga oshiradi.

Markaziy Osiyoda strategik sheriklik doirasida atrof-muhit, energiya xavfsizligi va suv resurslaridan foydalanish bo'yicha o'zaro hamkorlik kuchayadi.

Madaniy aloqalarni kuchaytirish maqsadida Qirg'iziston poytaxti Bishkekda taniqli qozoq shoiri Abay Kunanbayev, Nur-Sultonda esa Manas va Chingiz Aytmatovning yodgorliklari o'rnatiladi.

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va  majlis raisi Nurlan Nigmatulin bilan ham uchrashuv o’tkazdi.



Aloqador xabarlar