O‘zbekistondan Turkiyaga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona” va “Urganch-Istanbul-Urganch” yo‘nalishlari bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistondan Turkiyaga ikkita yangi muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona” va “Urganch-Istanbul-Urganch” yo‘nalishlari bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Uzbekistan Airways” maʼlum qilishicha, “Farg‘ona-Istanbul- Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar joriy yil 3 apreldan boshlab haftasiga ikki marta, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Urganch-Istanbul-Urganch” yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar 28 martdan boshlanadi va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
“Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” yoki agentlar ofislaridan sotib olishingiz mumkin. Sizga yoqimli va xavfsiz parvoz tilaymiz”, deyiladi aviakompaniya xabarida.