O’zbekiston raqamli tibbiyotni rivojlantirish uchun Turkiya tajribasidan foydalanadi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Anvar Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 23-26 fevral kunlari sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha Turkiya tajribasi bilan tanishdi.

1594376
O’zbekiston raqamli tibbiyotni rivojlantirish uchun Turkiya tajribasidan foydalanadi

 

O’zbekiston raqamli tibbiyotni rivojlantirish uchun Turkiya tajribasidan foydalanadi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 23-26 fevral kunlari sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va raqamli tibbiyotni joriy etish bo‘yicha Turkiya tajribasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA), Turkiya sog‘liqni saqlash federatsiyasi, shuningdek, “Ushaş Uluslararasi Sağlik Hizmetleri A.Ş.”, “IHMG”, “Kanimed” va “INVAMED” kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda Turkiya tomoni “Sog‘liqni saqlash tizimi”, “Sog‘liqni saqlashda raqamli yechimlar”, “Shahar shifoxonalarining qurilish jarayonlari to‘g‘risida”, “Davlat-xususiy sheriklik” va boshqa investitsiya modellari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi.

Shuningdek, delegatsiya Anqara umumiy shoshilinch tibbiy yordam xizmatining “Call center”iga tashrif buyurdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda Turkiya tomoniga Toshkentda raqamli tibbiyotni joriy etish bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlarini o‘qitish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Joriy yil aprel oyida Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Aloqador xabarlar