O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi

O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda har ikki tomondan jami 120 kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

1663318
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi

 

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining turk bozoridagi ulushi yana-da ko‘payadi.

O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va O‘zbekiston Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan o’zbek mahalliy ishlab chiqaruvchilarining turkiyalik hamkorlar bilan onlayn muzokaralari tashkil etildi.

Elchixonadan maʼlum qilinishicha, tadbirda har ikki tomondan jami 120 kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Dastlab “V2V” shakldagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda “Alliance Textile”, “Global Textile Solutions”, “Gurlan Global Textile”, “Paxtakor Textile”, “R-B Gold Textile”, “Saff Textile” va “Urganch Bahmal” kabi o’zbek mahalliy korxonalari o‘z mahsulotlarini turk kompaniyalariga taklif etish hamda bitimlar imzolash imkoniyatiga  ega bo‘ldilar.  

Uch kun davom etadigan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi qator uchrashuvlarni o‘tkazilishi belgilangan.

- O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari uchun Turkiya bozorida katta salohiyat mavjud, - dedi Turkiyaning “TEM GROUP” firmasi rahbari Ender O‘zturk. – Ushbu tadbirga “İlsan”, “Sanko”, “Gelin Textile”, “Arbil Yarn”, “Özdilek”, “Gürel Textile” va “Özel Textile” kabi yirik turk importchilari katta qiziqish bildirmoqda. Biz avval O‘zbekistondan faqat paxta tolasini sotib olgan bo‘lsak, bugungi kunda kalava ip, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksporti bo‘yicha muzokaralarga ko‘proq eʼtibor qaratayapmiz. Bu holat so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan islohotlarning yorqin natijasidir.

COVID-19 pandemiyasiga qaramasdan ushbu formatda onlayn-tadbirlar va ko‘rgazmalar o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston-Turkiya o‘zaro iqtisodiy munosabatlari tiklanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi pandemiyadan oldingi davr ko‘rsatkichlariga yaqinlashmoqda. Jumladan, 2021 yilning yanvar-may oylarida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi.

Joriy yilning 1 yanvardan 15 iyungacha bo‘lgan davrda O‘zbekistondan Turkiyaga tovarlar eksporti hajmi (qimmatbaho metallar va energiya manbalarini hisobga olinmaganda) 730,2 million dollarga yetdi.

 O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlarining onlayn-muzokaralari 24 iyunga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar