Qozog‘iston energetika vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Jumabay Karag‘ayev Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxining asossiz oshirilishiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi.

1763239
Qozog‘iston energetika vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

 

Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Jumabay Karag‘ayev Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxining asossiz oshirilishiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Moliyaviy monitoring agentligi ma'lum qildi.

Kecha, 15 yanvar kuni ertalab hukumat matbuot xizmati Karag‘ayevning lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edi. O‘z navbatida, bir qator ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib, vazir o‘rinbosari hibsga olingani haqida xabar tarqatdi.

“Moliyaviy monitoring agentligining Mang‘istau viloyati hududiy boshqarmasining tergov guruhi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari Jumabay Karag‘ayev hamda elektron savdo maydonchalari rahbarlari va suyultirilgan gaz narxini asossiz ravishda oshirishga aloqador shaxslar qo‘lga olindi”, deyiladi agentlik xabarida.

Matbuot xabariga ko‘ra, sud qarori bilan Karag‘ayevga nisbatan tergov organi tomonidan tanlangan va viloyat prokuraturasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ikki oy muddatga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Tergov davom etmoqda. Tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas”, deyiladi xabarda.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Jumabay Karag‘ayev

Aloqador xabarlar