O’zbekiston oltin qidirish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez O’zbekistonda oltin qidirish faoliyatlari rivojlantirilishini ma’lum qildi.

1274816
O’zbekiston oltin qidirish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

 

Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez O’zbekistonda oltin qidirish faoliyatlari rivojlantirilishini ma’lum qildi.

Fatih Do’nmez Toshkentda bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik 1-energetika vazirlari yig'ilishida ishtirok etgach, Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo tabiiy manbalarga boy mintaqa hisoblanadi. Biroq, poydevor jihatidan bir qator kamchiliklar mavjud. Turkiya bu sohadagi tajribasini O’zbekiston bilan o’rtoqlashishga tayyor.

Ma’lumki, o’tgan yili O’zbekiston Geologiya va mineral resurslar Davlat qo'mitasi bilan Turkiya Ma’dan tadqiqot va qidiruv bosh boshqarmasi (MTA) o’rtasida uch nafar oltin va volfram maydonini tekshirishga doir kelishuv imzolandi. Kelishuv asosida ushbu maydonlarni tekshirish faoliyatlari davom etmoqda.

“O’tgan oy havodan geofizik tasvirlash ishlarini olib bordik. Bizga ajratilgan qariyb 576 km kvadratlik ma’dan maydonida parvoz qilib ma’lumot to’pladik. Umid qilamanki, yaqinda mutahassislarimiz bu ma’lumotlarni ko’zdan kechiradi va natijaga qarab qazish ishlarini boshlaymiz. O’zbekiston oltin koni jihatidan dunyoda eng badavlat davlatlardan biridir va dunyoda 4-o’rinda turadi. Turkiya ham bu soha bo’yicha katta tajribalarga ega. Samarali hamkorlik natijasida O’zbekistonning yer osti boyliklaridan mamlakat ravnaqi yo’lida foydalanish va davlat taraqqiyotiga hissa qo’shadigan shaklda xizmatga topshirish uchun Turkiya Ma’dan tadqiqot va qidiruv bosh boshqarmasi qo’lidan kelgan yordamni ayamaydi”,-deb aytgan Fatih Do’nmez.

 

 

 



Aloqador xabarlar